Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 31-oktabr, 2026

Beautly — goʻzallik salonlariga onlayn navbat olish platformasi. Bu hujjat qanday maʼlumot yigʻishimizni, nima uchun kerakligini va uni qanday oʻchirishingiz mumkinligini tushuntiradi. Umumiy gap yoʻq — har bir maydon nomma-nom aytilgan.

Kim javobgar

Maʼlumotni Beautly platformasi (beautly.uz) qayta ishlaydi. Aloqa uchun: support@beautly.uz.

Qanday maʼlumot yigʻamiz

Telefon raqamimajburiy

Hisobni tanish va kirish. SMS yoki Telegram orqali tasdiqlash kodi shunga yuboriladi.

Ismmajburiy

Salon sizni navbat roʻyxatida kim ekaningizni bilishi uchun.

Jins va tugʻilgan sanaixtiyoriy

Salon mos xizmat va chegirma taklif qilishi uchun. Kiritmasangiz ham ilova toʻliq ishlaydi.

Joylashuvixtiyoriy

Faqat yaqin atrofdagi salonlarni koʻrsatish va masofani hisoblash uchun. Koordinata serverga soʻrov paytida yuboriladi va saqlanmaydi.

Bronlar tariximajburiy

Bronlaringizni koʻrsatish, chiptani chiqarish va salonga navbatni bildirish uchun.

Telegram hisobi (ulasangiz)ixtiyoriy

Tasdiqlash kodi va eslatmani SMS oʻrniga Telegramdan yuborish uchun — bu siz uchun bepul.

Bildirishnoma tokeni (ruxsat bersangiz)ixtiyoriy

Bron tasdigʻi, eslatma va boʻshagan vaqt haqidagi xabarni telefoningizga yuborish uchun. Bu ilovaning shu qurilmadagi manzili, reklama identifikatori emas. Faqat telefon bildirishnomasiga ruxsat berganingizda olinadi; hisobdan chiqsangiz serverdan oʻchiriladi. Xabarlarni ilovada Profil → Bildirishnomalar dan oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.

Saytda qaysi sahifalar ochilganimajburiy

Saytni yaxshilash uchun: qaysi sahifa foydali, bron qayerda toʻxtab qolyapti. Brauzeringizdagi tasodifiy belgi, sahifa manzili, qayerdan kelganingiz (masalan, Instagram) va qurilma turi (masalan, «Android») yoziladi. IP manzil va reklama identifikatori yozilmaydi, hech kimga uzatilmaydi — faqat Beautly jamoasi koʻradi.

Nima yigʻmaymiz

Kontaktlaringizni, kalendaringizni, suratlaringizni, SMS xabarlaringizni va qurilmangizdagi fayllarni oʻqimaymiz. Reklama tarmoqlariga hech narsa uzatmaymiz — ilovada reklama yoʻq. Toʻlov kartasi maʼlumotini saqlamaymiz.

Kim koʻra oladi

Siz bron qilgan salon sizning ismingiz, telefon raqamingiz va oʻsha salondagi tashriflaringiz tarixini koʻradi — navbatni qabul qilish va siz bilan bogʻlanish uchun. Boshqa salonlar buni koʻrmaydi.

Maʼlumotni uchinchi tomonlarga sotmaymiz. Faqat beshta texnik xizmatdan foydalanamiz: Eskiz (SMS yuborish — faqat raqam va kod matni), Telegram (agar botni oʻzingiz ulasangiz), Google Firebase Cloud Messaging (telefon bildirishnomasi — faqat qurilma tokeni va xabar matni), OpenAI (salon kabinetidagi Bella yordamchisi va salon yoqsa Instagram javoblari — pastda batafsil) va Meta (salon ulagan Instagram akkauntining Direct xabarlari).

Bella yordamchisiga mijozlarning ismi, telefon raqami va toʻlov summalari yuborilmaydi. Bella bilan suhbat 24 soat saqlanadi, keyin oʻchiriladi.

Instagram Direct. Salon oʻz Instagram akkauntini kabinetga ulasa, mijozlar shu akkauntga yozgan Direct xabarlar, ularning Instagram foydalanuvchi nomi va ismi salon kabinetida koʻrinadi — salon shu yerdan javob beradi. Bu maʼlumot Meta (Instagram) orqali keladi va faqat oʻsha salonga koʻrinadi. Salon Instagramni uzganda kirish kaliti va kabinetdagi yozishmalar darhol oʻchiriladi (Instagramning oʻzidagi xabarlar qoladi).

Salon kabinetda «AI javob bersin» ni yoqsa, Direct suhbatning oxirgi xabarlari (matni) javob tayyorlash uchun OpenAI ga yuboriladi. Unga mijozning telefon raqami, boshqa mijozlar va toʻlovlar haqida maʼlumot ketmaydi — faqat shu suhbat va salonning ochiq maʼlumoti (xizmatlar, narxlar, ish vaqti).

Qancha saqlaymiz

Hisobingiz ochiq turgan vaqt davomida. Tasdiqlash kodlari bir necha daqiqada oʻchadi. Hisobni oʻchirsangiz — quyida yozilgan tartibda.

Hisobni oʻchirish

Hisobni istalgan vaqtda oʻzingiz oʻchirasiz — ruxsat soʻrash yoki xat yozish kerak emas:

Nima darrov oʻchadi: ismingiz, telefon raqamingiz, jins va tugʻilgan sanangiz, bronlaringiz va ularning tarixi, sharhlaringiz, sevimli salonlar, navbat yozuvlari, salonlardagi mijoz kartochkangiz, Telegram ulanishi va bildirishnoma tokenlari.

Nima qoladi: salonning kassa yozuvlarida toʻlov summasi qoladi, lekin undagi bron havolasi uziladi — yaʼni summa saqlanadi, kim toʻlagani aniqlanmaydi. Bu salonning buxgalteriyasi buzilmasligi uchun kerak.

Bitta cheklov: hisob salon egasi yoki xodimi sifatida biriktirilgan boʻlsa, uni oʻzingiz oʻchira olmaysiz — u bilan birga salon boshqaruvsiz qolardi. Bunday holda support@beautly.uz ga yozing, salonni oʻtkazamiz yoki yopamiz, keyin hisob oʻchiriladi.

Yosh chegarasi

Beautly 16 yoshdan boshlab moʻljallangan — oʻsmirlar ham salonga oʻzi yoziladi. 16 yoshga toʻlmaganlardan ataylab maʼlumot yigʻmaymiz; shunday maʼlumot kelib tushgani maʼlum boʻlsa, uni oʻchiramiz.

18 yoshga toʻlmagan foydalanuvchi bron qilganda xizmat va toʻlov uchun javobgarlik ota-ona yoki vasiyda qoladi. Salon kerak boʻlsa yosh chegarasi bor xizmatlarni rad etishi mumkin.

Oʻzgarishlar

Bu hujjat oʻzgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Sezilarli oʻzgarish boʻlsa ilovada yoki SMS orqali xabar beramiz.